Back
04.09.2019

Buxoro NQIZ da ISO 45001 standartiga mos tizim joriy qilindi


Har kuni dunyo boʼylab 7600 dan ortiq kishi ishdagi baxtsiz hodisalar yoki kasalliklar tufayli hayotdan koʼz yumadi, bu esa har yili 2,78 million kishidan koʼproqni tashkil etadi.
Ishlab chiqarishdagi shikastlanishlar va kasalliklarning oqibatlari ish beruvchilar qatori iqtisodiyotga ham taʼsir qiladi va xodimlarning muddatidan oldin isteʼfoga chiqishiga, ishchi kuchi yetishmasligiga va sugʼurta badalining oshishiga olib keladi.
Ushbu muammoga qarshi kurashish uchun ISO yangi standart - ISO 45001:2018 Salomatlik boshqaruvi va mehnat xavfsizligini taʼminlash tizimini ishlab chiqdi. 
ISO 45001 standarti tashkilotlardagi yuqorida sanab oʼtilgan muammolarni hal qilish, xodimlarning xavfsizligi darajasini oshirish asoslarini yaratish, ish joyidagi xavf-xatarlarni kamaytirish, shuningdek, dunyo boʼylab eng yaxshi va xavfsiz mehnat sharoitlarini taʼminlash uchun talablarni yaratdi.
Standart mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi boʼyicha ekspertlar qoʼmitasi tomonidan ishlab chiqiladi va ISO 14001 va ISO 9001 kabi boshqaruvning boshqa tizimli yondashuvlariga hamda ushbu sohadagi boshqa xalqaro standartlarning, masalan OHSAS 18001, Xalqaro mehnat tashkilotining ILO-OSH koʼrsatmalari va uning turli milliy standartlari va xalqaro mehnat standartlari, konventsiyalariga mos keladi.
Joriy yilning 31 iyul kuni, korxonada kasb kasalliklarining oldini olish, mehnat va dam olish sharoitlarining doimiy yaxshilanishi, ish joyidagi baxtsiz hodisalarning oldini olish boʼyicha qilingan doimiy chora-tadbirlar hamda 1-3 bosqichli mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi boʼyicha tizimli nazoratining sifatli oʼtkazilganligi natijasida “Oʼzbekneftgaz” АJ tizimidagi korxonalari orasida birinchi boʼlib Buxoro neftni qayta ishlash zavodiga tashqi audit dalolatnomasi xulosasiga koʼra ISO 45001 xalqaro standarti topshirildi. 
Buxoro NQIZ da mazkur standartga mos tizimni joriy etilishining ijobiy tomonlari quyidagilar:
- ISO 45001 standarti 10 boʼlimdan iborat boʼlib, asosiy va yordamchi sohalardagi barcha xavf-xatar va taxlikalarni hisobga oladi, yaʼni ehtimoliy barcha holatlar oʼrganiladi;
- Ushbu standartda taxlika (Risk) 3 guruhga ajratiladi:
1 Kasbiy xavfsizlik tizimining taxlikasi;
2 Ishlab chiqarish jarayonlarining tahlikasi;
3 Inson salomatligining taxlikasi;
- Аutsorsing – yaʼni chetdan kelib ishlaydigan boshqa korxona ishchilariga, ularning faoliyatiga nisbatan xavfsizlik talablari kabi tushunchalar mavjud;
- Endilikda xavf-xatar baholangani kabi imkoniyatlar ham oʼrganiladi va baholanadi;
- “Oʼzgarishlar Menedjmenti”, tushunchasi kiritildi, yaʼni oʼzgarishlar kiritilganda taʼsiri qanday boʼlishi va korxonaning bunga tayyorligi koʼrib chiqiladi.
Ushbu standartning korxonamizda joriy etilishi zavodimizning jonkuyar jamoasining tinimsiz mehnati va xarakati mahsuli hisoblanadi. Shu munosabat bilan barcha ishchi-xodimlarga zavod rahbariyati oʼz minnatdorchiligini bildiradi!
Buxoro NQIZ Аxborot xizmati