Back
14.09.2019

Dilobar Kenjaevna respublikada birinchi

Mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy va sotsial faolligini oshirish, ularning turli soha va tarmoqlarda oʼz qobiliyatlarini roʼyobga chiqarishi, huquq va qonuniy manfaatlariga soʼzsiz rioya qilinishini taʼminlash borasida keng koʼlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Shunday imkoniyatlar qatorida zavodimizda xotin-qizlar salomatligiga, ularning sport bilan shugʼullanishlari, salomatliklarini tiklashlari, boʼsh vaqtlarini unumli oʼtkazishlari, shuningdek, xavfsiz mehnat sharoitlarida faoliyat yuritishlari uchun yaratilgan imkoniyatlarni koʼrishimiz mumkin. Bu yaratilgan imkoniyatlar natijasi esa nafaqat viloyat va respublika miqyosida oʼtkazilayotgan koʼrik tanlovlar, balki ish jarayonida erishilayotgan yutuqlarda ham oʼz aksini topmoqda.

Shunday yutuqlarimizdan biri Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevralda imzolangan “Xotin-qizlarni qoʼllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” gi 5325-sonli farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 11 sentyabr kuni Oʼzbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi binosida utkazilgan “Xotin qizlar qoʼmitasining eng namunali boshlangʼich tashkiloti” koʼrik tanlovining Respublika bosqichida Buxoro NQIZ Xotin-qizlar qoʼmitasi boshlangʼich tashkiloti raisi Jumaeva Dilobar Kenjaevnaning I darajali diplom bilan taqdirlanganligidir. 

Buxoro NQIZ maʼmuriyati va ishchi-xodimlari Dilobar Kenjaevnani bu yutugʼi bilan tabriklaydi hamda kelajakdagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi!

Buxoro NQIZ Аxborot xizmati.