Back
16.07.2019

Buxoro NQIZ da faoliyat koʼrsatayotgan erkaklar oʼrtasida   “Sport – sogʼlom turmush garovi” nomli voleybol musobaqasi oʼtkazildi

 Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish toʼgʼrisida oʼtkazgan videoselektor majlisining 12-sonli bayoni ijrosini taʼminlash, zavodda faoliyat koʼrsatayotgan 30 yoshgacha boʼlgan yigitlarni sportning voleybol turiga qiziqtirish orqali mehnat faoliyati samaradorligini oshirishga koʼmaklashish, ularni ushbu sportga ommaviy jalb qilish, jismoniy faolligini oshirish, ular oʼrtasida sogʼlom turmush tarzini targʼib etish va sport bilan shugʼullanish koʼnikmalarini shakillantirish maqsadida BNQIZ ga qarashli “Yoshlar” mehmonxonasi tomonidan Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi Buxoro NQIZ boshlangʼich tashkiloti bilan hamkorlikda joriy yilning 13 iyul kuni zavodda faoliyat yuritib kelayotgan 30 yoshgacha boʼlgan erkaklar oʼrtasida “Sport – sogʼlom turmush garovi” nomli voleybol musobaqasi oʼtkazildi. Voleybol sport turi boʼyicha har bir jamoada 6 nafardan ishtirokchi musobaqada oʼzaro bellashdi. Natijalarga koʼra:
 1-oʼrinni Uy-joy - kommunal xoʼjaligi departamenti jamoasi,
 2-oʼrinni Harbiylashtirilgan gazdan qutqaruv otryadi,
 3-oʼrinni Аsosiy ishlab chiqarish sexi jamoasi qoʼlga kiritdi.
 Gʼolib jamoalarning barcha ishtirokchilariga Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi Buxoro NQIZ boshlangʼich tashkiloti tomonidan qimmatbaho sovgʼalar topshirildi.