Орқага
21.09.2023

Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi xalqaro sertifikatlash auditidan muvaffaqiyatli o‘tkazildi

Buxoro neftni qayta ishlash zavodi ISO 37001:2016 "Korrupsiyaga qarshi kurashish menejmenti tizimi" xalqaro standarti bo‘yicha sertifikatlash auditidan o‘tkazildi.

Tekshiruv “TUV AUSTRIA” (Avstriya) kompaniyasining O‘zbekistondagi rasmiy hamkori –“Central Asia Certification” auditorlari tomonidan amalga oshirildi.

Tajribali auditorlar va ekspertlar guruhi zavodda qo‘llanilayotgan korrupsiya xavfini boshqarish mexanizmlari hamda ularning ochiq va shaffofligi, ISO 37001:2016 xalqaro standarti talablariga muvofiqligini o‘rganishdi.

Auditorlarning ijobiy xulosasi asosida zavod ushbu xalqaro standart bo‘yicha sertifikat olishga tavsiya etildi.

Ma’lumot uchun: ISO 37001:2016 “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejmenti tizimi” xalqaro standarti – korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali tizimini yaratish va korrupsiya xavfini minimallashtirishga xizmat qiladi.

"Buxoro NQIZ" MCHJ Matbuot xizmati