“Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MCHJ ning sanoat xavfsizligi sohasi hamda sifat menejmenti, ekologik va energetik menejment, sog`liqni saqlash va mehnat xavfsizligini ta’minlash menejmenti tizimlari sohasidagi
S I Y O S A T I
“Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MCHJ neft mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda qayta ishlash bo`yicha xizmat ko`rsatish faoliyati bilan shug`ullanadi. "Buxoro neftni qayta ishlash zavodi" MCHJ ning asosiy vazifasi O`zbekiston Respublikasi iste’molchilarini bir maromda sifatli neft mahsulotlari bilan ta’minlash va eksportni o`zlashtirishga yo`naltirilgan. Ushbu vazifani amalga oshirish uchun "Buxoro neftni qayta ishlash zavodi" MCHJ quyidagi strategik yo`nalishlarni belgilaydi:
“ISTE’MOLCHI” – Iste’molchilarning qoniqishlarini doimiy ravishda oshirib borish yo`li bilan yetkazib berilayotgan neft mahsulotlari va ko`rsatilayotgan xizmatlarning sifatliligiga ishonchini ta’minlash.
“DAVLAT VA JAMIYAT” – Davlat, tarmoq va jamoat dasturlarini amalga oshirish orqali O`zbekiston Respublikasi yoqilg`i-energetika kompleksining rivojlanishida faol ishtirok etish.
“AKSIYADORLAR” – Barqaror iqtisodiy o`sish bilan aksiyadorlarning korxona istiqboliga bo`lgan ishonchini to`la qozonish.
“YETKAZIB BERUVCHILAR” – Kafolatlangan xom-ashyo bazasiga erishish.
“SALOHIYAT” – Ichki salohiyatdan foydalangan holda menejment tizimlarini doimiy takomillashtirib borish:
- Biznes jarayonlarning samarali ishlashi;
- Xodimlarning kasbiy mahorati;
- “Ishchi-xodimlarning hayoti va sog`lig`i ishlab chiqarish faoliyati natijalaridan ustun” ligi tamoyili asosida ishchi-xodimlarning soglig`ini saqlash va mehnat xavfsizligini ta’minlash;
- Ekologik samaradorlik va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish yo`li bilan sog`lom kelajakka kafolat;
- Korxona ishchi-xodimlari hamda ular oilasining ijtimoiy va hayot darajasini oshirish;
- Xodimlarni birlashtirilgan menejment tizimlariga jalb qilish maqsadida ularni ruhlantirish va layoqatini oshirish;
- Jamiyat va shaxsni korxonaning xavfli ishlab chiqarish ob`yektlaridagi avariyalar, noxush hodisalar va ularning oqibatlaridan himoyalash;
- Energetik samaradorlikni oshirish va yoqilg`i-energetika resurslaridan oqilona foydalanish yo`li bilan energetik natijadorlikni doimiy takomillashtirib borish;
- Korxona va butun tarmoqni samarali rivojlantirish maqsadida innovatsion g`oyalarni izlash va joriy etish.
"Buxoro neftni qayta ishlash zavodi" MCHJ rahbariyati ushbu siyosat va undagi barcha yo`nalishlarning muvofiqlashtirish ishlarini amalga oshirish maqsadida xodimlar uchun qulay va xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlash, xavfli ishlab chiqarish ob’yektlarida avariya sodir bo`lganda yetkaziladigan zarar uchun javobgarlikni majburiy sug`urtalash, atrof-muhit ifloslanishining oldini olish, zaruriy resurslar va ma’lumotlar bilan to`liq ta’minlash, ISO 9001, ISO 14001, ISO 45001, ISO 50001, AS 9100 xalqaro standartlar talablariga muvofiq menejment tizimlarining natijadorligini doimiy oshirib borish, O`zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga va boshqa talablarga amal qilishni o`z zimmasiga oladi.
“Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MCHJ ning siyosati 2022-yil 10-yanvardagi 16-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan.