Joriy haftada zavodda faoliyat koʼrsatayotgan xotin-qizlar oʼrtasida “Gimnastrada” sport musobaqasi oʼtkazildi

Blog Single

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev rahbarligida 2019 yilning 19 martida Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, sanʼat, sport, axborot texnologiyalari, kitob oʼqishga qiziqishni oshirish boʼyicha 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish toʼgʼrisida oʼtkazilgan videoselektor majlisining 12-sonli bayonining ijrosini taʼminlash, zavodda faoliyat koʼrsatayotgan mehnatkash xotin-qizlarimizni sportning ommaviy turlariga qiziqtirish orqali mehnat samaradorligini yanada oshirishga koʼmaklashish, ular oʼrtasida sogʼlom turmush tarzini targʼib etish va sport bilan shugʼullanish koʼnikmalarini shakillantirish maqsadida Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi Buxoro NQIZ boshlangʼich tashkiloti tomonidan Buxoro NQIZ kasaba uyushmasi va xotin-qizlar qoʼmitasi bilan hamkorlikda Buxoro NQIZga qarashli “Yoshlar” mexmonxonasida Zavodda faoliyat yuritib kelayotgan xotin-qizlar oʼrtasida “Gimnastrada” sport musobaqasi oʼtkazildi. 
Musobaqada jami 5 ta jamoa ishtirok etishdi. Xususan, Tibbiy sanitariya qismining “Hamshiralar”, “Neftchilar” madaniyat saroyining “Madaniyat”, “Neftchi” sport sogʼlomlashtirish majmuasining “Sportchilar”, “Yoshlar” mehmonxonasining “Mehmonxona”, Bugʼ-havo-gaz taʼminoti sexi jamoalari ishtirok etishdi. Tasdiqlangan nizom boʼyicha hakamlar hayʼati aʼzolari tomonidan jamoalar chiqishlari munosib baholandi. Natijaga koʼra I oʼrinni Bugʼ-havo-gaz taʼminoti sexi jamoasi, II oʼrinni “Yoshlar” mexmonxonasining “Mexmonxona” jamoasi, III oʼrinni Tibbiy sanitariya qismining “Hamshiralar” jamoasi qoʼlga kiritdi. Gʼolib jamoalarga Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi BNQIZ boshlangʼich tashkiloti tomonidan qimmatbaho sovgʼalar topshirildi.

Ulashing: