Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi Buxoro neftni qayta ishlash zavodi boshlangʼich tashkiloti tomonidan kitob yarmarkalari oʼtkazilmoqda

Blog Single

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev rahbarligida 2019 yilning 19 martida Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, sanʼat, sport, axborot texnologiyalari, kitob oʼqishga qiziqishni oshirish boʼyicha 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish toʼgʼrisida oʼtkazilgan videoselektor majlisining 12-sonli bayoni 4- bandi ijrosini taʼminlash, yosh avlodni maʼnaviy barkamol etib tarbiyalash, ularning boʼsh vaqtlarini mazmunli oʼtkazishni tashkil etish, axborot texnologiyalari, kitob oʼqishga qiziqishini oshirish hamda kitobxonlik targʼibotini rivojlantirish, yoshlarni kitob mutolaasiga jalb etish, tumandagi umumtaʼlim maktablarida tahsil olayotgan oʼquvchilarni kitobga boʼlgan mexr-muhabbatini oshirish, oʼqishga boʼlgan masʼuliyatini yanada kuchaytirish maqsadida Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi Buxoro neftni qayta ishlash zavodi boshlangʼich tashkiloti tashabbusi bilan joriy yilning 5-8 may kunlari oraligʼida kitob yarmarkalari oʼtkazish rejalashtirilgan. Xususan, 5 may kuni Qorovulbozor tuman 2 son Аkademik litsey, 7 umumtaʼlim maktabi, 8 ixtisoslashtirilgan Davlat umutaʼlim maktablarida kitob yarmarkalari oʼtkazildi. Badiiy adabiyotlar, oʼzbek adabiyotining nodir durdonalari, mashhur shoir va adiblarning asarlari yarmarkada taqdim etildi. Zavodda faoliyat yuritayotgan yoshlar ushbu yarmarkada faol ishtirok etishdi.

Ulashing: