Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi Buxoro neftni qayta ishlash zavodi boshlangʼich tashkiloti tashabbusi bilan Zavodda faoliyat koʼrsatayotgan yosh oilalar oʼrtasida “Otam, onam va men” sport musobaqasi oʼtkazildi

Blog Single

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi PF-5106 sonli Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va “Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qoʼllab quvvatlash toʼgʼrisida”gi Farmoni hamda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev rahbarligida 2019 yilning 19 martida Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, sanʼat, sport, axborot texnologiyalari, kitob oʼqishga qiziqishni oshirish boʼyicha 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish toʼgʼrisida oʼtkazilgan videoselektor majlisining 12-sonli bayonining ijrosini taʼminlash, zavodda faoliyat koʼrsatayotgan mehnatkashlar va ularning oila aʼzolarini sportning ommaviy turlariga qiziqtirish orqali mehnat faoliyati samaradorligini oshirishga koʼmaklashish, ular oʼrtasida sogʼlom turmush tarzini targʼib etish va sport bilan oilaviy shugʼullanish koʼnikmalarini shakillantirish maqsadida joriy yilning 3 may kuni tuman “Oila” markazi, kasaba uyushmasi va xotin qizlar qoʼmitasi bilan hamkorlikda Buxoro neftni qayta ishlash zavodiga qarashli “Yoshlar” mexmonxonasida Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi Buxoro NQIZ boshlangʼich tashkiloti tashabbusi bilan zavodda faoliyat yuritib kelayotgan yosh oilalar oʼrtasida “Otam, onam va men” sport musobaqasi oʼtkazildi.
Sport musobaqasi soʼngida gʼolib oilalarga Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi BNQIZ boshlangʼich tashkiloti tomonidan qimmatbaho sovgʼalar topshirildi.

Ulashing: