Заводнинг ижтимоий сиёсати

Buxoro neftni qayta ishlash zavodi MCHJning sanoat xavfsizligi sohasi hamda sifat menejmenti, ekologik va energetik menejment, sog`liqni saqlash va mehnat xavfsizligini ta’minlash menejmenti tizimlari sohasidagi

S I Y O S A T I

 

“Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MCHJ neft mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda qayta ishlash bo`yicha xizmat ko`rsatish faoliyati bilan shug`ullanadi. Buxoro neftni qayta ishlash zavodi MCHJning asosiy vazifasi O`zbekiston Respublikasi iste’molchilarini bir maromda sifatli neft mahsulotlari bilan ta’minlash va eksportni o`zlashtirishga yo`naltirilgan. Ushbu vazifani amalga oshirish uchun "Buxoro neftni qayta ishlash zavodi" MCHJ quyidagi strategik yo`nalishlarni belgilaydi: 

 “ISTE’MOLCHI” – Iste’molchilarning qoniqishlarini doimiy ravishda oshirib borish yo`li bilan yetkazib berilayotgan neft mahsulotlari va ko`rsatilayotgan xizmatlarning sifatliligiga ishonchini ta’minlash.

 “DAVLAT VA JAMIYAT” – Davlat, tarmoq va jamoat dasturlarini amalga oshirish orqali O`zbekiston Respublikasi yoqilg`i-energetika kompleksining rivojlanishida faol ishtirok etish.

 “AKSIYADORLAR” – Barqaror iqtisodiy o`sish bilan aksiyadorlarning korxona istiqboliga bo`lgan ishonchini to`la qozonish. 

 “YETKAZIB BERUVCHILAR” – Kafolatlangan xom-ashyo bazasiga erishish.

 “SALOHIYAT” – Ichki salohiyatdan foydalangan holda menejment tizimlarini doimiy takomillashtirib borish:

  • Biznes jarayonlarning samarali ishlashi;

 

  • Xodimlarning kasbiy mahorati;

 

  • “Ishchi-xodimlarning hayoti va sog`lig`i ishlab chiqarish faoliyati natijalaridan ustun” ligi tamoyili asosida ishchi-xodimlarning soglig`ini saqlash va mehnat xavfsizligini ta’minlash;

 

  • Ekologik samaradorlik va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish yo`li bilan sog`lom kelajakka kafolat;

 

  • Korxona ishchi-xodimlari hamda ular oilasining ijtimoiy va hayot darajasini oshirish;

 

  • Xodimlarni birlashtirilgan menejment tizimlariga jalb qilish maqsadida ularni ruhlantirish va layoqatini oshirish;

 

  • Jamiyat va shaxsni korxonaning xavfli ishlab chiqarish ob`yektlaridagi avariyalar, noxush hodisalar va ularning oqibatlaridan himoyalash;

 

  • Energetik samaradorlikni oshirish va yoqilg`i-energetika resurslaridan oqilona foydalanish yo`li bilan energetik natijadorlikni doimiy takomillashtirib borish;

 

  • Korxona va butun tarmoqni samarali rivojlantirish maqsadida innovatsion g`oyalarni izlash va joriy etish.

 

Buxoro neftni qayta ishlash zavodi MCHJ rahbariyati ushbu siyosat va undagi barcha yo`nalishlarning muvofiqlashtirish ishlarini amalga oshirish maqsadida xodimlar uchun qulay va xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlash, xavfli ishlab chiqarish ob’yektlarida avariya sodir bo`lganda yetkaziladigan zarar uchun javobgarlikni majburiy sug`urtalash, atrof-muhit ifloslanishining oldini olish, zaruriy resurslar va ma’lumotlar bilan to`liq ta’minlash, ISO 9001, ISO 14001, ISO 45001, ISO 50001, AS 9100 xalqaro standartlar talablariga muvofiq menejment tizimlarining natijadorligini doimiy oshirib borish, O`zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga va boshqa talablarga amal qilishni o`z zimmasiga oladi.

   “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MCHJning siyosati 2022-yil 10-yanvardagi 16-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan.