MAHSULOTLAR

Ai-80, Ai-91, Ai-95 markali avtobеnzin
Mahsulot: TSh 30.3-200:2003 asosidagi AI-91, TSh 30.3-203:2004 asosidagi AI-80 markali etillanmagan avtomobil benzinlari.

Qo’llash sohasi: Avtomobil va mototsikllar dvigateli uchun yoqilg’i sifatida, shuningdek, etillangan va etillanmagan benzinni ishlatishga mo’ljallangan boshqa turdagi dvigatellar uchun.

Afzalligi: Ishlab chiqarilayotgan benzinlar texnik va ekologik tavsifi bo’yicha Yevro 2 talablariga javob beradi.

EKO-3 qishki dizel yoqilg’isi
Mahsulot: O’zDSt 1134:2007 asosidagi EKO-3 qishki dizel yoqilg’isi.
Qo’llash sohasi: Tezyurar teplovoz, kema dizellari va gaz turbinalari, umumjihatli dizellar uchun 150 dan minus 35 S atrof havo haroratida ishlatishga mo’ljallangan.
Afzalligi: EKO qishki dizel yoqilg’isi tarkibida oz miqdorda oltingugurt borligi bilan setan miqdorining ko’pligi, filtrlanganlik koeffitsientining yaxshilangan ko’rsatkichi bilan ajralib turadi. EKO dizel yoqilg’isi Yevro 2 talablariga javob beradi. Qishki dizel yoqilg’isini uni qo’llash shartiga ko’ra ishlab chiqarish imkoniyati mavjud.

EKO-L yozgi dizel yoqilg’isi
Mahsulot: O’zDSt 1134:2007 asosidagi EKO-L yozgi dizel yoqilg’isi.

Qo’llash sohasi: Tezyurar teplovoz, kema dizellari va gaz turbinalari hamda umumjihatli dizellar uchun.

Afzalligi: EKO dizel yoqilg’isi tarkibidagi oltingugurt mikdorining kamligi, setan sonining yuqoriligi, filtrlanish koeffitsientining yaxshilangan ko’rsatkichi bilan ajralib turadi. EKO dizel yoqilg’isi Yevro 2 talablariga javob beradi.

Jеt A-1 markali aviatsiya yoqilg’isi
Mahsulot: O’zDSt 1117:2007 asosidagi Jet A-1 markali gazturbinali dvigatellari uchun aviatsion yoqilg’i.

Qo’llash sohasi: Jet A-1 aviatsion yoqilg’isi g’arbiy flotning havo kemalari, shu jumladan, ko’pgina mamlakatlarda, shu qatori MDX, davlatlarida ham foydalaniladigan “Boing” va “Aerobus” lar uchun kundalik ishlatiladigan aviatsion yoqilg’i bo’lib hisoblanadi. Jet A-1 aviatsia yoqilg’isi o’zining yuqori darajada tozaligi, yong’in va portlashga xavfsizligi kabi o’ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi.

M-100 markali o’choq mazuti
Mahsulot: GOST 10585-99 asosida M-100 markali o’choq mazuti.

Qo’llash sohasi: Statsionar qozonxonalar va texnologik uskunalar uchun.

Tеxnik oltingugurt
Uglevodorodli suyultirilgan yoqilg’i gazi
Mahsulot: GOST 20448-90 asosida SPBT ning kommunal xo’jalik uchun uglevodorodli suyultirilgan yoqilg’i gazi.
Qo’llash sohasi: Yoqilg’i sifatida kommunal-xo’jalik va sanoatda foydalanish uchun.

Uglеvodorod eritgichi
Mahsulot: -135/220 asosida TSh 39.3-235:2007 uglevodorod eritgichi.
Qo’llash sohasi: Lok-bo’yoq sanoatida foydalanish.
Afzalligi: Ksilol bo’ylab barqaror uchuvchanligi, suyuqlikning yonuvchi-portlovchi xossalarining yaxshilanganligi (o’t olish harorati 30-340 S ni tashkil etadi), xushbo’y fraksiyani qo’shish hisobidan suyuqlikning yaxshilangan maqsadli eruvchanlik xususiyati.